insurez
27-09-2025 15:28

Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda. 

Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi G.Alimova mas'ullar hamrohligida “Zarafshon‘” mahallasi hududida joylashgan "MEGA МEBEL TRADE" MChJ faoliyati o'rganildi.

Mazkur korxona mebel va mebel jihozlari ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 25 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ichki bozorda sotilmoqda. Hozirgi kunda ushbu korxonada sifatli mahsulotlarni xaridorlarga taklif qilish maqsadida mebel jihozlar ko'rgazma pavil'oni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. 

O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi va mahsulot turlarini yanada ko'paytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Teglar
- -