KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT: MUAMMO VA TAKLIFLAR
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Doimiy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.
Unda idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, yoshlar yetakchilari, talabalar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Dastlab tadbir ishtirokchilari Doimiy komissiya a’zolarining faoliyati bilan tanishdilar.
Samarqand Davlat Universiteti follar zalida bo‘lib o‘tgan tadbir avvalida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan aholi o‘rtasida, mahallalarda bu borada olib borilgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova Korrupsiyaning demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi haqida so‘z yuritdi va unga qarshi kurashishda barcha birdek mas’ul bo‘lishi kerakligini aytdi.
Shundan so‘ng deputat, Doimiy komissiya raisi Jamshid Nosirovning jamiyat taraqqiyotining kushandasi bo‘lgan Korrupsiyaning oldini olish borasida doimiy komissiya tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan ma’ruzasi eshitildi.
Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Korrupsiyaning faqat bir soha emas barcha sohalar rivojiga salbiy ta’sir qiladigan illat ekanligini, unga qarshi kurashish faqat birgina tashkilot emas, balki jamoatchilikning, barcha jamiyat a’zolarining vijdoniy burchi bo‘lishi lozimligini ta’kidladilar.
Darhaqiqat, Yurboshimiz aytganidek, Korrupsiyaga qarshi kurash umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi bo‘lishi lozim. Shundagina ushbu illatga barham berish mumkin.