insurez
25-09-2025 17:07

Korrupsiyani oldini olish masalasi muhokama qilindi


Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasurbek Shodiev ishtirokida maishiy  korrupsiyani oldini  olish  masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazili. Unda shahar Kengashi deputatlari, shahar hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab Qonunchilik palatasinining deputati J.Shodiev korrupsiyani  oldini  olish  masalasi bo‘yicha ma’ruza qildi. Shundan so‘ng shahar Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shahar Kadastr agentligi rahbarlari so‘zga chiqib, ushbu yo‘nalishdagi hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi J.Nosirovning axboroti tinglandi. 

Uchrashuvda parlament deputati tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. 

Teglar
- -