Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat taraqqiyotini belgilaydi
O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi аprel oyini "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi deb e'lon qilgan. Ushbu oylik doirasida joylarda targ'ibot tadbirlari tashkillashtirilmoqda.
Xususan, partiyaning Samarqand viloyat Kengashi hamda Kattaqo'rg'on shahar Kengashi hamda bir qator tashkilotlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari va shaxsning mas'uliyati haqida muhokama qilindi. Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura xodimlari korrupsiyani oldini olish, qonuniylikni ta'minlash va fuqarolarni huquqlarini himoya qilish bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbatida yosh avlodga axloqiy qadriyatlarni singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ular orqali jamiyatda korrupsiyaga qarshi ongli muhitni yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar davom etadi.