insurez
21-11-2024 16:49

Korrupsiya taraqqiyot zavoli


"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

"Korrupsiya – jamiyat kushandasi" mavzusidagi profilaktik tadbirda korrupsiyaviy holatlarni  keltirib chiqaradigan omillar, uning salbiy oqibatlariga aniq misollar keltirilib, davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga Vatanga sadoqat hamda halol va pok mehnat bilan javob qaytarish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari shahar hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib, soliq tizimida korrupsion holatlarga duch kelganda viloyat soliq boshqarmasining 55-704-06-16 ishonch telefoni yoki @dsq_antikorrupsiya_boti, soliq qo‘mitasining org@soliq.uz elektron manzili orqali murojaat qilish tartibi tushuntirildi.

Teglar
- -