Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar 1-son Oilaviy poliklinikasida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov, shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati, tibbiyot muassasalari rahbarlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda shahar prokurori so‘zga chiqib, korrupsiyaning oldini olish va uning salbiy oqibatlari hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyat muhimligini ta’kidladi. Aholiga sifatli va shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida qayd etildi.
Yig‘ilish davomida sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsion xatarlarni kamaytirish, xodimlar va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, 1-son Oilaviy poliklinikada joriy etilgan D-MED elektron tizimi orqali shaffoflik va samaradorlikni oshirilishi ta’kidlandi.