Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiya va ta’magirlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi. Xodimlar faoliyati davomida nafaqat tizimning sha’niga dog‘ tushirmasliklari, balki oilasining obro‘sini, farzandlarining kelajagini ham o‘ylashlari lozimligi uqtirib o‘tildi.
Uchrashuvda soliq tizimida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, shunday holatlarga duch kelganda tegishli tartibda chora koʻrish zarurligi, bunday holatlar uchun jazo muqarrarligi taʼkidlandi.
Shuningdek tadbirda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborot xavfsizligiga rioya qilish lozimligi bo‘yicha tushuncha berildi.