Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton
Shahar Soliq idorasida shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori I.Nuriddinov, IIB boshligʻi Gʻ.Islomov hamda Soliq inspeksiyasi boshligʻi F.Gʻaniyevlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish ushbu masalaga bagʻishlandi.
Soʻzga chiqqan shahar hokimi xafli illat boʻlgan korrupsiyaning oldini olish, bu borada Prezidentimiz boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan vazifalardan kelib chiqib, qilinishi lozim boʻlgan ishlar haqida soʻz yuritdi va barchani bu masalaga jiddiy yondashishi lozimligini taʼkidladi.
Tadbir davomida shahar prokurori barcha sohada korrupsiya holatlarini oldini olish, xodimlarda masʼuliyatni oshirish va jinoyatga jazo muqarrarligini taʼkidlab, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli koʻrsatmalarni berdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.