insurez
06-12-2024 15:21

KONSTITUTSIYA – XALQ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI


Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Shu kunlarda asosiy Qomusimiz tashkil etilganligining 32 yillik bayram tantanalari keng nishonlanmoqda.

Bugun shahrimizdagi Drama teatrda ham shahar hokimligi, sektor rahbarlari, kattaqo‘rg‘onlik turli soha xodimlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar va harbiylar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirni ochib bergan shahar hokimi Gavhar Alimova bosh qomusimizning yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi, davlatimiz mustaqlligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Milliy tariximizda birinchi marta umumxalq referendumida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Unda xalqimizning oliy maqsadi – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topgan. Shuni aytish joizki Bugun Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan yurtdoshlarimiz o‘zini jamiyatning teng huquqli a’zosi, o‘z taqdirining chinakam egasi, erkin va bunyodkor inson sifatida his qilayotgani quvonarli albatta,- deya ta’kiladi shahar hokimi o‘z so‘zida.

Shundan so‘ng, shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi rahbari Zafar Abduraximov so'zga chiqib, mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgarishlar to'grisida to'xtaldi.

Bayram tadbiri davomida shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi. San’atkorlar hamda iste'dodli yoshlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Teglar
- -