insurez
04-12-2024 11:45

KONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!


SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan  "Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi deputati Fazliddin Sirojiddinov, tuman kengashi deputati Husniddin  Negmatov, O‘zbekiston Ekologik partiyasining tuman kengashi raisi Mirsaid Doniyorov hamda filial professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Suhbat davomida talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, ta’lim to’g’risidagi alohida moddalari hamda davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun yaratayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.


 

 

Teglar
- -