insurez
13-08-2025 10:46

KONSERT ESDA QOLARLI BO‘LDI


Shu kunlarda shahrimizda Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan shahar Drama teatrida poytaxtlik san’atkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan konsert esda qolarli bo‘ldi. Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, shoir va yozuvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokchilarga shahrimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida gapirar ekan bu ishlarning barchasi Mustaqilligimizning sharofati ekanligini ta’kidladi.

Tadbir mehmonlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatovlar Kattaqo‘rg‘on shahrining ziyoli shahar ekanligini, juda ko‘plab ijodkorlar yetishib chiqqanligini, bugungi kunda ham Erkatosh Shukurova, Fazilat Abdullaeva singari ijodkorlarning samarali ijod qilayotganliklarini ta’kidladilar.

Ajoyib kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarini raqsga chorladi.

Teglar
- -