insurez
10-03-2025 15:10

Koʻchma Angiograf Kattaqoʻrgʻon shahrida


Bugundan Kattaqoʻrgʻon shahar Tibbiyot birlashmasida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish maqsadida keng qamrovli bepul tibbiy koʻrik oʻtkazilmoqda. Ushbu muhim tadbir Toshkent shahridagi “MILLIY TIBBIYOT MARKAZI”ning malakali mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilyapti.

Koʻrik davomida shahar aholisi oʻz salomatligini tekshirish va yurak-qon tomir kasalliklari boʻyicha mutaxassislardan zarur maslahatlar olish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.

Tibbiy koʻrik davomida 150 dan ortiq shaxs yurak-qon tomir tizimiga oid tekshiruvlardan oʻtkazildi. 6 nafar bemorda jiddiy kardiologik muammolar aniqlanib, koronarografiya tekshiruvi tavsiya qilindi. Bu ularda yurak-qon tomir tizimidagi muammolarni barvaqt aniqlash va zarur muolajalarni oʻz vaqtida boshlash imkoniyatini yaratadi.

Mazkur tekshiruv tadbiri shahrimizda 20 martga qadar davom etadi.

Teglar
- -