insurez
22-10-2025 10:13

“KITOBXONLIK FESTIVALI” G'OLIBLARI TAQDIRLANDI


O'quvchi yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda.

Samarqand viloyati bo’yicha o’tkazilgan "Kitobxonlik festivali"  doirasida:
“Ertakchi bolajon” ko'rik-tanlovining taqdirlash jarayonida Kattaqo'rg'on shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-sinf o'quvchisi Raxmonova Mashhuraxon 1-o'rinni;                              
“Eng faol kitobxon oʻquvchi” ko'rik-tanlovida 11-sinf o'quvchisi Ikromiddinova Odinaxon 1-o'rinni qo'lga kiritib, diplom va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu o’quvchi yoshlarimizga kelgusida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Teglar
- -