#kitobxonlik
Inson tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo xamroh bo‘lgan. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi. Shuning uchun kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor hozirda har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shaharlararo Qo‘riqlash bo‘limi shaxsiy tarkibi Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Ushbu ziyo maskanida Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan kitobxonlik va mutolaa madaniyati bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, tashrif buyurganlar axborot-kutubxona markazidagi kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.




