insurez
16-06-2025 16:50

"KITOBXON YOZ - 2025"


Kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni ijodiy fikrlashga va bilimga oshno qilish, kitob orqali insoniy qadriyatlarni chuqur anglashga yo‘l ochish maqsadida o'tkazilgan  kitobxonlik davra suhbati o‘zining iliq muhit va samimiy fikr almashuvlari bilan barchaning qalbidan joy oldi.
Ochiq osmon ostida tashkil etilgan bu tadbirda har bir ishtirokchi o‘z sevimli kitoblari bilan bo‘lishdi, yangi asarlar haqida fikr bildirdi va bir-biriga ilhom bag‘ishladi.
Kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati chuqur muhokama qilindi;
Yangi kitob tavsiyalari va ijodiy fikrlash bo‘yicha qiziqarli maslahatlar berildi.
"Kitobxon yoz- 2025" nafaqat kitobga oshno yoshlarni birlashtirdi, balki bilim va ma’rifatga intilgan yangi avlodni tarbiyalashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Teglar
- -