insurez
03-04-2025 15:48

KITOB O'QIB, YUTUQQA EGA BO'LISH — BU BIR YILDA ERISHILISHI QIYIN BO'LGAN ISH...


“Kitobxon talaba” respublika tanlovining 2023-yilgi mavsumida 2-o'rin, “Yosh kitobxon”  respublika tanlovining 2024-yilgi mavsumida 3-o'rinlarni egallagan SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 4-kurs talabasi Ochilova Muxlisa Abduraxmon qizi o'z tengdoshlariga ana shunday tavsiya berdi...

O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasining Yosh kitobxon klubi tomonidan talabalarimiz o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib etishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda filialimizning navbatdagi faxrli talabasi Muxlisa Ochilova o'z tengdoshlariga tavsiyalar berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi yutuq va kamchiliklari bilan o'rtoqlashdi.

Tadbirda Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov, dekan o'rinbosari J.Abduraxmonov qatnashib, talabalarga o'z tavsiyalarini berdi.

Teglar
- -