insurez
13-09-2025 11:06

Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!


Kattaqo‘rg‘on davlat institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida talabalarni kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishi va ulardan himoyalanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Baxtiyor Rustamov  hamda Bunyod Turdiyev  tomonidan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Ular kiberjinoyatlarning turlari,  salbiy oqibatlari hamda yoshlarni himoya qilish choralari haqida batafsil tushuntirish berishdi.

Teglar
- -