KATTAQO‘RG‘ONLIK XOTIN-QIZLAR TOSHKENT SHAHRIGA SAYOHAT QILISHDI
Kattaqo‘rg‘onlik bir guruh “Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar seminarda ishtirok etish va sayohat qilishlari uchun Toshkent shahrida bo‘ldilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 239 sonli farmoyishiga ko‘ra tashkil qilinga mazkur sayohat davomida xotin-qizlar Bo‘stonliqdagi dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Ushbu yerda xotin-qizlarni yaxshi yashashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarin shakllantirish maqsadida motivatsion seminarlar o‘tkazildi.
Shuningdek, xotin-qizlar Toshkent shahridagi ajoyibotlar, ko‘ngilochar maskanlarda madaniy hordiq oldilar hamda taniqli sanʼatkorlarning konsert dasturlarini ham tomosha qildilar.
Ko‘rsatilgan bu kabi eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan xotin-qizlar sayohatlar va seminarlar davomida o‘zgacha kuch va shijoat olganliklarini taʼkidladilar.