insurez
18-02-2025 16:45

KATTAQO‘RG‘ONLIK TA’LIM HOMIYLARI TAQDIRLANDI


Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni komil insonlar qilib tarbiyalash bugungi kundagi eng muhim masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Albatta, Kattaqo‘rg‘on shahrida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun shahar hokimligida o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazir o‘rinbosari F.Boqiyev, viloyat hokimi o‘rinbosari H.To'xtaev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshankulov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, ta’lim sohasi vakillari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab so‘zga chiqqan shahar hokimi Gavhar Alimova keyingi yillarda shahrimizda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar, yaratilgan sharoitlar, pedagoglar va o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi.

-Bugungi yoshlarimiz uchinchi reneassans poydevoridir. Albatta, bunda ularga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnatlarini e’tirof etish o‘rinli. Siz har biringiz bugun ana shunday sharafli ishga o‘z hissangizni qo‘shib kelmoqdasiz, dedi so‘zga chiqqan vazir o‘rinbosari Farxod Boqiyev o‘z so‘zida. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrining ta’lim sohasida viloyat va respublika miqyosida yuqori o‘rinlarga chiqishi yo‘lidagi shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinovlarning fidoiyligi va tashabbuskorligini yuksak e’tirof etib, ularga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonini tantanali topshirdi.

Albatta shahar hokimi hamda shahar prokurori bu e’tirof shaharda yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash yo‘lida mehnat qilib kelayotgan barcha kattaqo‘rg‘onlik ta’lim sohasi fidoyilarining mehnatlariga berilgan munosib tuxfa ekanligini ta’kidladilar.

 

Teglar
- -