KATTAQO‘RG‘ONLIK TADBIRKOR GULMIRA JUMAEVA – BISHKEKDA O‘TGAN NUFUZLI FORUM ISHTIROKCHISI
Bishkek shahrida 20 avgust kuni «Ayol – lider, dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi kuch» shiori ostida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Unda Qirg‘iziston va O‘zbekistondan siyosat, ilm-fan, madaniyat, sport, tadbirkorlik, jamoatchilik sohasida faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin ayol-rahbarlar ishtirok etdi.
Forumda Qirg‘izistonning Birinchi xonimi Aygul Japarova va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva ham ishtirok etdi.
Ushbu anjumanda Kattaqo‘rg‘on shahar “Mansurbek Qo‘rg‘on Biznes” MChJ rahbari Gulmira Jumaeva ham qatnashdi. U o‘z chiqishida o‘zining hayotiy yo‘li va tadbirkorlik faoliyati haqida so‘zlab berdi.
— «Mening maqsadim – nafaqat tadbirkorlik orqali daromad topish, balki ayollar uchun ish o‘rinlari yaratish, jamiyatda ularning nufuzini oshirishdir. Ayolning kuch-qudrati va matonati bilan har qanday qiyinchilikni yengish mumkin», — dedi Gulmira Jumaeva o‘z nutqida.