KATTAQO’RG’ONLIK SOBIQ SINFDOSHLAR “YURT FAXRI” NISHONIGA SAZOVOR BO’LISHDI
Yoshlik, vaqt va berilgan imkoniyatni qadrlab ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yoshlarni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Qarangki, bir shaharda, bir maktab va bir sinfda o‘qigan ikki do‘stning boshiga omad qushi qo‘nib, bir vaqtda bir xil mukofotni qo‘lga kiritdilar.
Sunatillo va Bunyodjon shahrimizdagi 2 IDUM ning bir sinfida o‘qigan sobiq bitiruvchilar. Ayni damda Sunatillo Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Bunyodjon esa Toshkent Davlat Yuridik universiteti 4 kurs talabalari. Ushbu iqtidorli yoshlar Mustaqilligimizning 34 yilligini mukofot bilan qarshi oldilar.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 500 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi nufuzli “Yurt Faxri” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan yoshlarimiz g‘oliblar safidan o‘rin oldi.
Iqtidorli talabalarimiz “Yurt Faxri” esdalik ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.




