KATTAQO‘RG‘ONLIK OAV XODIMLARI EʼTIROF ETILDI
Jamiyatni matbuot va ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Aholi jamiyatda yuz beradigan barcha islohotlar, yangiliklardan ular orqali xabardor bo‘ladilar.
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida matbuot va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarining bu boradagi xizmatlari eʼtirof etildi.
Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ikrom Mamatov yig‘ilganlarni kasb bayramlari bilan muborakbod etdi. Kattaqo‘rg‘on shahridagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish yo‘lidagi xizmatlarini eʼtirof etdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar bugun yurtimizda matbuot va OAVni rivojlantirish yo‘lidagi keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar va soha xodimlarining munosib hissalari borligini taʼkidladilar.
Shahar hayotidagi yangiliklar va xabarlarni keng yoritishda faollik ko‘rsatayotgan kattaqo‘rg‘onlik OAV xodimlariga shahar hokimligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.