KATTAQO‘RG‘ONLIK JURNALISTLAR E’TIROF ETILDILAR
27 iyun – Matbuot va Ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda shahar sektor rahbarlari va kattaqo‘rg‘onlik ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar OAV xodimlarining bugungi islohotlarni targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki, aholiga tezkor va xolis axborotlarni yetkazish, fuqarolarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini shakllantirishdagi samarali va mashaqqatli faoliyatlarini e’tirof etdilar.
Shundan so‘ng shahrimizda matbuot sohasini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlarni aholiga yetkazish yo‘lida xizmat qilayotgan kattaqo‘rg‘onlik ijodkor va jurnalistlarga shahar hokimining tabrigi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.