insurez
17-12-2024 14:36

Kattaqo'rg'onda Vatanparvarlik oyligiga start berildi!


Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism qo'mondonligi hamda Kattaqo'rg'on shahar hokimligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024 yil 12 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi F-62-sonli farmoyishiga asosan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostidagi Vatanparvarlik oyligiga tantanali start berildi.

Tadbirda garnizonda joylashgan harbiy qismlar, shahar hokimligi, Mudofaa ishlari bo'limi, Kattaqo'rg'on HAN,  Kattaqo'rg'on UJFQ hamda shahar o'quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar Vatanparvarlik oyligining ochilishi bilan qutlab barchani ushbu oylikda faol bo'lishga chorladi.

Teglar
- -