insurez
22-08-2025 09:33

Kattaqo'rg'onda Sog'lom hayot uchun 5000 qadam!


Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan  "Kattaqo'rg'onda Sog'lom hayot uchun 5000 qadam!" marafoni o'tkazildi.

Marafon Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari, Kattaqo'rg'on Davlat Pedagogika instituti, ta’lim muassasalari, shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari, yoshlar ishtirok etdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida start olgan marafon harbiy qismga qadar davom etib, harbiy qismda ertalabki badan tarbiya mashg'ulotlari hamda qurol aslahalar ko'rgazmasi bilan davom etdi.

Teglar
- -