insurez
12-03-2025 18:57

Kattaqo‘rg‘onda shahrida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand viloyati "Aloqa Bank" xodimlari tashabbusi bilan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari uchun Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-62-sonli qarori yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, kredit va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, davlat dasturlari orqali imtiyozli moliyaviy resurslarga ega bo‘lish yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Bank vakillari tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur seminar yoshlarning biznes sohasidagi bilimlarini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda moliyaviy savodxonligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -