insurez
02-09-2024 15:45

Kattaqo‘rg‘on va Xenan provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik: Investitsiya va taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar


Ko‘plab o‘zgarishlar va rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova va Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligidagi delegatsiya yaqinda Xitoyning Xenan provinsiyasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Safarning asosiy maqsadi — yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish edi.

Bugun, Samarqand shahrida 30 dan ortiq xitoylik tadbirkorlar, shahar va tuman hokimlari, mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki tomon ham ishlab chiqarish va boshqa sohalarda birgalikda loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirib, hamkorlik memoradumlar imzolandi.

Kattaqo‘rg‘on va Xenan provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochib, nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirishga, balki mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashga ham hissa qo‘shadi.

Teglar
- -