Kattaqo‘rg‘on shahrining asosiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 813.6 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,7 foizni tashkil etdi;
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 581,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 237.2 foizni tashkil etdi;
Qurilish ishlari hajmi 233,2 mlrd. so‘mlik bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,8 foizni tashkil etdi;
CHakana tovar aylanmasi hajmi 974,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,6 foizni tashkil etdi;
Jami xizmatlar hajmi 793,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,6 foizni tashkil etdi;
Eksport hajmi 32,7 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 133,4 foizni tashkil etdi;
Import hajmi 16,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etdi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i