Kattaqo‘rg‘on shahrining asosiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 433.8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,3 foizni tashkil etdi;
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 122,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,2 foizni tashkil etdi;
Qurilish ishlari hajmi 122,5 mlrd. so‘mlik bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi;
CHakana tovar aylanmasi hajmi 565,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi;
Jami xizmatlar hajmi 442,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etdi;
Eksport hajmi 15,8 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168,0 foizni tashkil etdi;
Import hajmi 9,1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 89,7 foizni tashkil etdi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i