insurez
15-04-2025 09:25

“Kattaqo‘rg‘on shahrini ichimlik suv va oqova suv tozalash inshootlari


“Kattaqo‘rg‘on shahrini ichimlik suv va oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Jahon banki mablag‘i hisobidan shahardagi ichimlik suv va oqava suv tarmog‘i yangilanishi belgilangan.
Mazkur loyiha doirasida pudratchilar “Maxsus suv qurilish invest” MChJ va “PMK-149” QK tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari Kattaqo’rg’on shahar prokurori I.Nuriddinov tomonidan shahar hokimi o’rinbosari J.Ahmedov bilan joyiga chiqqan holda o’rganildi.

O’rganish davomida pudratchilarga qurilish ishlarini o’z muddatida, sifatli bajarish, texnik jihatdan xavfsizlik talablari va qonun talablariga rioya qilgan holda faoliyat olib borilishi lozimligi haqida ko’rsatmalar berildi.

 

Teglar
- -