Kattaqo‘rg‘on shahridagi 8-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Unda Qo‘sharbot, Ishtixon, Pastdarg‘om, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari bo‘lim metodistlari, DMTT direktorlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha viloyat boshqarmasi vakili F.Jiyanov hamda shahar hokimining o‘rinbosari J.G‘aniyevlar ochib berishdi.
Seminarda belgilangan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom, jismoniy barkamol rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi, kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish, sog‘lomlashtirish, chiniqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, ishlarni samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.