Kattaqo‘rg‘on shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlar orqali baxtsiz hodisalarning oldini olish to‘g‘risida
Kattaqo‘rg‘on shahar hududida YTHlarni oldini olish bo‘yicha 4-YPX otryad xodimlari bilan birgalikda yo‘llarda qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqlash borasida va “Avariya o‘chog‘i” xisoblangan yo‘l va ko‘chalarda qo‘shimcha reydlar o‘tkazib borilmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahar hududida bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha harakat jadalligi yuqori bo‘lgan 8 ta umumta’lim maktablari oldida “Qavariqli piyodalar o‘tish joyi” tashkil etish va yotiq chiziqlar chizish ishlari olib borildi. Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi 482-sonli, 2011-yildagi 139-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar hududida joylashgan “Kattaqo‘rg‘on-Miyonkol” MCHJ rahbar va avtobus haydovchilaridan tilxatlar olinib, doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda. Shahar hududida 50 ta transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari va ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar egalari bilan o‘zboshimchalik bilan avtomashinalarni ta’mirlamaslik bo‘yicha tilxatlar olindi va profilaktik so‘hbatlar o‘tkazildi. 2018-yil 30-avgustdagi 701-sonli qaror talablari asosida harakat xavfsizligi targ‘ibot kuni munosabati bilan haftaning har “Juma” kuni joylarda targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari domiy ravishda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-mart kuni “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar hududida joylashgan maktablar oldiga, piyodalar o‘tish joylariga hamda yo‘l-transport hodisalari o‘choqlariga aylangan chorrahalarda belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik kabi qoidabuzarliklar ko‘plab sodir etilayotganligi uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga takliflar yuborildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JXX YHXG katta inspektori mayor J.U.Ismatullayev