Kattaqo‘rg‘on shahrida "Tozalik oyligi" doirasida saf yig‘ilishi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida shahar hokimi, tegishli mas’ullar, barcha “mahalla yettiligi” vakillari, shuningdek, kommunal xizmat va tibbiyot xodimlari ishtirokida tozalik va ozodalik oyligi doirasida saf yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish, sanitariya holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, chiqindilar to‘planib qolgan joylarni aniqlash va belgilangan joylarga tashlash, aholi o‘rtasida tozalikni saqlash zarurligi haqida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng qur’on tilovat qilinib, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligini so‘rab duo qilindi. Yig‘ilish yakunida Kattaqo‘rg‘on shahrida bugun amalga oshiriladigan tozalash va obodonlashtirish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha rejalar belgilandi.




