insurez
30-10-2025 15:23

Kattaqo'rg'on shahrida soliq xodimlari tomonidan aholida chek olish madaniyatini oshirish maqsadida “Xarid chekini olishni unutmang!” shiori ostida qiziqarli aksiya o‘tkazildi.


Tadbir davomida xaridorlar tomonidan olingan cheklar orasidan  omadli chek sohiblari aniqlandi. Aksiya ishtirokchilari o‘z xaridlari uchun chek olgan holda nafaqat qonuniylikni qo‘llab-quvvatladilar, balki sovg‘alar yutib olish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida besh nafar omadli xaridor turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar aksiyani iliq kayfiyatda kutib olishdi va chek olish odati kundalik hayotda foydali ekanini e’tirof etishdi.

Tadbirda yoshlar, soliq xodimlari va mahalla faollaridan iborat targ‘ibot guruhlari xarid cheki talab qilib olishning ahamiyati va xarid cheki berilmasa tadbirkorga nisbatan qo‘llaniladigan choralar to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarni tarqatishdi.

Teglar
- -