Kattaqo‘rg‘on shahrida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyatini boshladi
Shahrimizdagi Alisher Navoiy mahallasida xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskani” o‘z faoliyatini boshladi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida ushbu markaz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishini, ularga ruhiy va tibbiy ko‘mak berishga qaratilgan maxsus dasturlar amalga oshirilishini ta’kidladilar.
Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida shahrimizdagi Samarqand Pedagogika texnikumi bazasida tashkil qilingan xotin-qizlar uchun tikuv sexi ochildi.




