insurez
24-04-2025 18:56

Kattaqo‘rg‘on shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta'limga to‘liq qamrab olish maqsadida shahar mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi mavjud ko‘chalarni umumiy o‘rta ta'lim maktablariga mikrohududlar kesimida belgilab berish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bob, 41-bandi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6,25-moddalariga muvofiq, shaharda maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta'limga to‘liq qamrab olish maqsadida

QAROR QILAMAN:

  1. Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining 2025-yil
  1. apreldagi 515-sonli xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  1. Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablar hududlariga biriktirilgan mikrohududlar bo‘yicha ro‘yxat 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
  2. Shaharda o‘quvchilar qamrov koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tarkibi
  1. ilovaga, qamrov koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan umumta'lim maktablar ro‘yxati
  2. ilovaga asosan tasdiqlansin.
  1. Umumta'lim maktablari direktorlari 1-sinfga qabul jarayonini belgilangan mikrohudud asosida tashkil etilishini ta'minlasin.
  2. Qamrov koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan (3-ilova) umumta'lim maktablaridagi qabul jarayonining tashkil etilishi shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtirilsin.
  3. Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i (A.Daminov)ga mazkur qaror bilan barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarini tanishtirish va uning ijrosini ta'minlash vazifasi topshirilsin.
  4. ‘zbekiston ahallalar uyush asining shahar bo‘li i rahbari (A.Raxmonov), Kattaqo‘rg‘on shahar Yoshlar ishlari agentligi (B.Kuziyev) va barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga;

Maktab yoshidagi bolalarni umumta'lim muassasalariga jalb etish jarayonida shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda umumta'lim maktablariga amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.

  1. Mazkur qarorni “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasida chop etish hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish tavsiya etilsin.
  2. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining 2024-yil 28-martdagi 125-7-106-Q/24-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va bekor qilinsin.

Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.      (yuklab olish)

Teglar
- -