insurez
27-06-2025 17:28

Kattaqo’rg’on shahrida kunduzgi parvarish xizmati faoliyatini boshladi


Bugun Kattaqo’rg’on shahrida ham tashabbuskor tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Kunduzgi parvarish” xizmatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Ochilish marosimida  Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari SH.Abbasov, shahar hokimi o’rinbosari, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari va ota-onalar ishtirok etishdi. 
Mazkur muassasada malakali mutaxassislar tomonidan 12 turdagi xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Muassasada bolalarga reabilitatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun barcha sharoitlar va qulayliklar mavjud bo'lib, nafaqat yangi ish o'rinlari yaratildi, eng muhimi imkoniyati cheklangan bolajonlarning ijtimoiylashuviga erishiladi.

Teglar
- -