insurez
22-05-2025 09:39

Kattaqo‘rg‘on shahrida  korxonalar  va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi  22


Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2025-yilning 1-aprel holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1903 tani tashkil qilib, shundan 1263 tasi yoki 66,4 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 715 ta (37,6 foizi), sanoat 314 ta (16,5 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 97 ta (5,1 foizi), qurilish   151 ta (7,9 foizi), tashish va saqlash 40 ta (2,1 foizi), axborot va aloqa 48 ta (2,5 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 47 ta (2,5 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 131 ta (6,9 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish  360 ta (18,9 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.

 

M.Muminov,                                      

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

 

Teglar
- -