insurez
07-07-2025 10:49

Kattaqo’rg’on shahrida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida 4 ta mahallada amaliy ishlar olib borilmoqda


Xususan, shahrimizning “Chinobod” mahallasida loyiha asosida 1 dona 250/10 kVA yangi transformator punkti, 39 ta beton ustunlari o‘rnatish va 1.23 km uzunlikda SIP-2 kabellari tortish ishlari olib borilmoqda. Islom Shoir mahallasida 2 dona yangi transformator punkti, 120 dona temirtbeton ustun va 2,3 km tarmoq o’rnatilgan.  

Bundan tashqari “Yakkabog' “ mahallasiga 20 ta beton ustunlari hamda “O'rikzor” mahallasiga 2 ta yangi transformator olib kelinib, loyiha doirasida tayanch ustunlari o‘rnatildi va hozirda hududda yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.

Bugun, respublika ishchi guruhi, shahar hokimligi va mas’ullar ishtirokida ushbu hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda elektr energiyani sifatli yetkazib berilishida qurilish ishlari natijasi va amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. 

Teglar
- -