Kattaqo'rg'on shahrida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari amaliy imtihon topshirmoqda
Samarqand viloyatidagi Sport maktablarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchilari uchun ikkinchi bosqich amaliy imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahridagi sport maktabida tashkil etilayotgan imtihonlarda ham o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahorati va pedagogik yondashuvi baholanmoqda. Jarayonlarga viloyat komissiyasi tarkibidagi mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, baholash mezonlari raqamlashtirilgan va shaffof tizim asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur imtihonlar jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini yanada oshirish, ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalarni qo‘llash va yoshlarning sportga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.




