insurez
07-11-2025 11:00

Kattaqo‘rg‘on shahrida ijtimoiy ahamiyatga ega yana bir loyiha amalga oshirilmoqda.


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova tegishli mas’ullar hamrohligida Qoriravot mahallasidagi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati “Kattaqo‘rg‘on” o‘quv ishlab chiqarish korxonasining yangidan barpo etilgan binosida bo‘ldi. Tashrif davomida hokim qurilish va ta’mirlash ishlari hamda binoda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Ayni paytda mazkur maskanda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun tikuv sexi tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Tashabbus doirasida 50 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroni ish bilan ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoiti yaratish ko‘zda tutilgan.

Shahar hokimi loyihani amalga oshirish jarayonlarini tezlashtirish, binoga zarur ishlab chiqarish jihozlarini o‘rnatish va atrof hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -