Kattaqo’rg’on shahrida "DXX RAISI KUBOGI" MUSOBAQASINING shahar BOSQICHI YAKUNLANDI
Shahrimizdagi mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalarining shahar bosqichi yakuniga yetdi.
O‘tkazilgan DXX raisi kubogi bahslarida shahardagi barcha mahalla jamoalari ishtirok etishdi. Final o‘yinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan Chinobod va Nurobod mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar to‘p surdilar.
Murosasiz bahsda Nurobod mahallasining yoshlari g‘alaba qozonishdi va shahar chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha esa “Kattaqo'rg'on” mahallasi yigitlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo'lsa, qizlar o'rtasi 1-o'rin 3-sektor jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa yakunida shahar hokimi, sektor rahbarlari hamda DXX bo‘limi boshlig‘i g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdilar.