Kattaqo‘rg‘on shahrida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bayram tadbirlari o‘tkazildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrining davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda sektor rahbarlari, yoshlar, harbiylar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari tadbirning asosiy qismida ishtirok etish uchun jam bo‘ldilar.
Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etib, bayrog’imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan ehtirom timsoli ekanligini e’tirof etdi.
Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida davlatimiz madhiyasi yangradi va davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Tadbirda so‘z olganlar Vatanimiz bayrog‘i yoshlarda milliy g‘urur, fidoiylik va vatanparvarlikni shakllantirishdagi eng muhim vosita ekanligini takidlashdi.
Shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.