insurez
11-02-2025 17:21

Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lgan Respublika Bosh prokurorining o‘rinbosari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi hamda "Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Qarorlari ijrosini ta'minlash va aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha hududlarda ishlar olib borilmoqda.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lgan Respublika Bosh prokurorining o‘rinbosari Sh.To‘xtaboev va viloyat prokurori o‘rinbosari A.Zakirovlar “Oq oltin” mahallasida shahar sektor rahbarlari hamda mas’ullar bilan uchrashib, bu borada Kattaqo‘rg‘on shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

Muloqot davomida mazkur ishlarni o‘z vaqtida sifatli tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -