KATTAQO‘RG‘ON SHAHRI TASHKIL TOPGAN KUN NISHONLANDI
Buyuk tarix bizni o‘tmishning sir sinoatlaridan xabardor qiladi. Zero, tarixsiz kelajak yo‘q. Kattaqo‘rg‘on shahri ham uzoq yillik tarixiga ega.
Bugun shahar hokimining tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on Davlat pedagogika institutida shaharning tashkil etilishi, rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
"Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun" deb nomlangan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, ta’lim muassasalari, tashkilotlar, mahalla faollari ishtirok etdi. Dastlab, shaharning vujudga kelishi va keyingi besh yil ichidagi rivojlanishi, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari aks etan videorolik namoyish etildi.
Kirish so‘zi bilan tadbirni ochib bergan shahar hokimi tadbirning ahamiyati, Kattaqo‘rg‘on shahrining tarixi va buguni haqida so‘z yuritdi. Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan tadbir ishtrokchilarini muborakbod etdi hamda an’ana tarzida har yili 17 avgustni bayram sifatida nishonlanishini ta’kidladi.




