insurez
04-09-2024 17:35

Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari


“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumida 2024 yil uchun shahar byudjet parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘lar doirasida ya’ni 16087.5 mln so‘m rejalashtirilgan. Shundan rejalashtirilgan mablag‘ning
 2-mavsum uchun ajratilgan ya’ni, 8010.5 mln so‘m, 2 chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 30 foiz miqdorida ya’ni 424.0 mln so‘m, jami bo‘lib 8434.5 mln so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan. Tashabbusli byudjet jamg‘armasida 1484.6 mln so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lgan. Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 
2-mavsumida jami mablag‘lar 9 mlrd 919.1 mln so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yilning iyul-sentyabr oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 73 ta loyihalar ilgari surilib, 57 ta loyiha ishchi guruhi tomonidan saralab olingan. 
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 10 ta takliflar g‘olib deb topildi. 
Jumladan: 
1. "Juma-ota" Qabristoni atrofini beton to‘siq (devor) bilan o‘rab, yo‘laklarga bruschatka yotqizish hamda zinapoyalar o‘rnatib, ziyoratga keluvchilarga qulaylik yaratib, obod etish uchun 1605 ta ovoz bilan:
2. Sport maktabiga qarashli Haydarchaman MFY hududidagi 65x105 o‘lchamdagi Stadion tribunasini ustki qismini yopish va yangi o‘rindiqlar o‘rnatish uchun 1566 ta ovoz bilan:
3. Sport maktabiga qarashli Kattaqo‘rg‘on MFY hududidagi "Konchilar o‘yingohi"ga 12x24 m o‘lchamdagi yengil konstruksiyali (senvich panelli) yangidan sport zal qurish uchun 1541 ta ovoz bilan: 
4. Kattaqo‘rg‘on shahar 15-maktab sport maydonchasi hududidan sun’iy qoplamali futbol maydonchasi, Workout, maktab atrofining temir pajarasini almashtirish, tashqi yoritish sim yogochlarni almashtirish uchun 1489 ta ovoz bilan: 
5. Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikani va majlislar zalini joriy ta’mirlash, Tibbiyot birlashmasining O‘zbekiston ko‘chasidan kiruvchi asosiy kirish darvoza qismini ta’mirlash va obodonlashtirish, Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklar markazining kirish qismini tez tibbiy yordam mashinalirini to‘xtash uchun maxsus joylar  (PANDUS) qurish hamda Tibbiyot birlashmasi hududida vorkaut maydonchasini qurish uchun 1412 ta ovoz bilan; 
6. Islom Shoir nomli mahalla hududida joylashgan Furqat o‘tar ko‘chasi chiqindixonaga olib boruvchi 1300 metrli yo‘lga asfalt yotqizish uchun 1333 ta ovoz bilan: 
7. Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka qo‘rg‘oni Nurobod MFY Shodlik ko‘chasida yoshlar va nuroniylar dam olish yig‘ilish va madaniyat-ma’rifat markazini barpo etish hamda yonidan kutubxona tashkil etish uchun 1195 ta ovoz bilan:
 8. Kattaqo‘rg‘on shahar 11-umumiy o‘rta ta’limi maktabi atrofi 290 metr masofani o‘rash va o‘quv binosining fasad qismini ta’mirlash uchun 1167 ta ovoz bilan:
9. Zarifobod MFYdagi Bog‘o‘tar ko‘chasi 250 metr, Zavqiy ko‘chasi 130 metr ichki yo‘llarini asfaltlashtirish uchun 800 ta ovoz bilan:
10. Juma-Samarqand (4R46) yo‘li hamda Beklar ko‘chalarida umumiy uzunligi 2221 metr piyodalar yo‘lakchasi va velo yo‘lagi tashkil etish uchun 777 ta ovoz bilan loyihalar g‘olib deb topildi.
Natijada jami 10 ta loyihaning umumiy qiymati  9 803.0 mln so‘mni tashkil qildi.

O.Kadirov,
Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisodiyot va
moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b

Teglar
- -