insurez
14-10-2025 11:24

Kattaqo’rg’on shahri bo’yicha 2025 yilning 3 choragida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” orqali amalga oshirilgan ishlar


Hammamizga ma’lumki, 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran respublikamizning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilangan.

Shunga asosan 2025 yil uchun Kattaqo’rg’on shahar byudjet parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘lar doirasida ya’ni, 23 mlrd 164 mln 939 ming so‘m rejalashtirilgan. Shundan rejalashtirilgan mablag‘ning 2-mavsum uchun ajiratilgan qismi ya’ni 11 mlrd 581 mln 939 ming so‘m, 2 chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 30 foiz miqdorida ya’ni 807 mln so‘m, jami bo‘lib 12 mlrd 388 mln 939 ming so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan.

Tashabbusli byudjet jamg‘armasida 886 mln 881 ming so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lgan va 461 mln 180 ming so‘m 1 mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalardan iqtisod qilingan mablag‘lar jamg‘armaga qaytarilgan. Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 2-mavsumida jami mablag‘lar 13 mlrd 737 mln so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025 yilning iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 45 ta loyihalar ilgari surilib, 35 ta loyihalar ishchi guruhi tomonidan saralab olingan.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 12 ta takliflar g‘olib deb topildi.

Jumladan: Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha 1 ta taklif uchun 1 mlrd so‘m, Maktab ta’limi tizimi bo‘yicha 2 ta taklif uchun 1 mlrd 911 mln 400 ming so‘m, ichki ko‘chalarni asfaltlashga 3 ta  takliflar uchun 3 mlrd 994 mln 312 ming 500 so‘m, 1 taklif quyosh panelli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish uchun 1 mlrd 500 mln so‘m, 1 ta taklif usti yopiq tipdagi mini stadion qurish uchun 1 mlrd so‘m,1 ta taklif mahalla binosini qurish uchun 1 mlrd so‘m,3 ta boshqa turdagi takliqliflar uchun 3 mlrd 100 mln so‘m,jami bo‘lib 12 ta takliflar uchun 13 mlrd 505 mln 712 ming 500 so‘m mablag‘lar g‘olib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob varaqlar ochilib, moliyalashtirib berilgan.

Bugungi kun holatiga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalarni tanlash va mahsulotlarni xarid qilib olish uchun e’longa joylashtirish ishlari amalga oshirmoqda.

 

O.Kadirov

Kattaqo’rg’on shahar Iqtisodiyot va

moliya bo’limi boshlig’i o‘rinbosari

Teglar
- -