KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR VA KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA QO’MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARIGA (QSHO’M) START BERILDI
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 14-avgust kunidan 16-avgust kuniga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra bugun shartli ravishda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi natijasida Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tumani aholisiga erta tongdan yig‘in signali berildi.