Kattaqo‘rg‘on shahar Ixtisoslashgan maktabda bilimlar kuni tadbiri o‘tkazildi
Bugun Respublikamiz bo‘ylab barcha maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ushbu tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Erta tongdan Ixtisoslashgan Ta’lim Muassasalari Agentligi tizimidagi Kattaqo‘rg‘on shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi ham o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, shahar Xalq qabulxonasi mudiri Hamrotosh Shodieva, shahar hokimligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni Ixtisoslashgan maktab direktori Javlon Abdullaev ochib berdi va o‘tgan o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng tadbirda ishtirok etgan shahar Halq qabulxonasi mudiri Xamratosh Shodieva maktab jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi hamda ularni yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishlari va yurtimiz, shahrimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi.
Tadbir kuy qo‘shiqlar ostida davom etdi. O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar uchun qadrdon bo‘lgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi va o‘quvchilar o‘z sinflariga chorladi.
Shundan so‘ng Ixtisoslashgan maktabning faollar zalida 10 va 11 sinf o‘quvchi yoshlar ishtirokida Mustaqillik darsi o‘tkazildi.
O‘tgan o‘quv yilida mazkur ta’lim dargohini tugallagan 21 nafar bitiruvchilaridan 17 nafari davlat OTM ga qabul qilingan. Shulardan 10 nafari kontrakt va 7 nafari grant asosida o‘qishga qabul qilingan. Bitiruvchilardan 8 nafari ingliz tilidan B2 sertifikatiga ega. Mazkur ko‘rsatgich bilan ushbu maktab viloyatimizda top 10 talikdan o‘rin oldi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.