Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig’ining tegishli buyrug’i bilan Shodiyev Azizbek Zubaydulloyevich –Kattaqoʻrgʻon shahar Iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’ining Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar A.Shodiyev Kattaqo’rg’on shahar Iqtisodiyot va moliya bo’limi Hududni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha bosh mutaxassis vazifasida faoliyat yuritgan.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.